Yoshlar va aholi o’rtasida kitobxonlikni targ’ib etish maqsadida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand tuman 31- umumiy o’rta ta’lim maktab o‘quvchilari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda AKM mutaxassislari “Kitob – millatning madaniy va ma’naviy merosi” nomli rolik namoish etib, kutubxona javohirlari hisoblangan adabiyotlar bilan tanishtirdilar.