Kitob – umr yo’llarini yorituvchi so’nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai. Samarqand davlat universitetining O’zbekiston-Finlyandiya pedagogika institutining xorijiy til va gumanitar fanlar fakulteti o’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi talabalari ham kitobga oshno bo’lish maqsadida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga kelishdi. Mutaxassislarimiz tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.