Joriy yilning 28-iyun kuni A.S. Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari Sayyor tadbir doirasida Jomboy tumani “Qaldirg’och” bolalar oromgohida bolalarning yozgi ta’tilda vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari va kitobga oshno qilish maqsadida kitob targ’iboti tashkil qilishdi. Tadbir davomida o’quvchilar tomonidan ijro etilgan she’rlar va qo’shiqlar kitob targ’ibotiga yanada mazmun bag’ishladi.