Bugun A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Konstitutsiyaviy islohotlar bo’yicha davra suhbati tashkil etildi. Unda so’z olganlar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishning ahamiyatiga urg’u berishdi.
Dastlab Samarqand viloyati axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig’i M.Ibodullayev tomonidan ishtirokchilarga yurtimizda keng ko‘lamli islohotlardan biri bo‘lgan «O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitusiyaviy qonuni loyihasi yuzasidan tushunchalar berildi.
Shuningdek, 66 ta moddaga 200 dan ortiq o‘zgartish va 6 ta yangi modda hamda unga kiritilayotgan 16 ta yangi norma xususida so’z yuritildi.
Suhbat davomida ishtirokchilar Konstitusiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida o‘z takliflarini bildirishdi.

Og’ir jinoyat sodir etgan fuqarolarga nisbatan o’lim jazosi qo’llansa, kelgusida ba’zi jinoyatchiliklarning oldi olingan bo’lardi,-dedi AKM bosh mutaxassisi Z.Latipova.- Keyinchalik huquq-tartibot organlarining shaffof ishlashi natijasida og’ir jinoyatlarni boshqa jazo turlariga almashtirish mumkin.