Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga Janubiy Koreya davlati fuqarosi Samarqand davlat universiteti Xalqaro ta’lim dasturi fakulteti ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi o’qituvchisi Seo Younjung, o’qituvchiga hamrohlik qilib, Samarqand shahar 52-maktab o’qituvchisi Meliqulova Uljon, koreys tili o’qituvchisi Yarbekova Umida kelishdi.

Kutubxona mutaxassislari kutubxonada yaratilgan sharoitlar hamda kitoblar olami bilan yaqindan tanishtirdilar.