Jazo ham, mukofot ham Allohning irodasi bilan inson tirikligidayoq uni benasib qoldirmasligi “Graf Monte -Kristo” asarida o’z aksini topadi. Faqat Graf ta’kidlaganidek- Kutmoq va umid qilmoq kerak …

Aleksandr Dyuma- nafaqat aql bovar qilmaydigan iste’dod egasi, balki hayratlanarli darajada mehnatkash xarakterga ega bo’lgan odam edi. U hayoti davomida (1802-1870) dunyoga mashhur o’lmas asarlarning muallifidir. Shunday asarlardan biri yozuvchining Graf Monte -Kristo asaridir. 

O’smirlik va ulug’vorlik, ezgulik ba jaholat, nafs yo’lidagi taloto’plar, kimsasiz oroldagi nadomatlar, qasosga undagan turfa sarguzashtlar olamiga, faqat, Aleksandr Dyumaning “Graf Monte -Kristo” asari sayohat qilishingiz mumkin. Ma’lumot uchun asar ikki qismdan tashkil topgan.