A.S.Pushkin nomidagi Axborot-kutubxona markazi bilan yaqindan tanishish, kitoblari, muzeyi haqida batafsil ma’lumot olmoqchi bo’lgan o’quvchi-yoshlarning safi ortib bormoqda. Shu maqsadda kelgan Samarqand yuridik texnikumi ARM yetakchisi va o’quvchi-yoshlarga AKM mutaxassislari kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirishdi.