Kutubxona kecha va bugun
Kutubxonalarga milliy madaniyat va ma’naviyatni saqlash, tiklash, ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlantirish, o’quv jarayonini takomillashtirishda yetakchi rollardan biri berilgan. Bugungi kunda tarixiy binoda joylashgan kutubxona butunlay yangicha, zamonaviy ko‘rinishga ega bo’ldi. Yangi bino to’liq modernizatsiya qilinib – 500 o’quvchiga mo’ljallanganligi bilan birga zamonaviy uskunalar va axborot texnologiyalari bilan jihozlandi.
Kapital ta’mirdan so’ng kutubxonada yangi xizmat ko’rsatish turlari tashkil etildi: zamonaviy ko’rinishga ega bo’lgan bolalar xonasi, qadimiy kitoblar namoyish etiladigan muzey ekspozitsiyasi, multimedia xonasi, ovoz yozish studiyasi, yangi adabiyotlar uchun ko’rgazma maydoni, electron kitoblar va kompyuterlardan foydalanish zali, uchrashuvlar va munozaralar zali.
Kutubxona o’z o’quvchilarini kutib olishga va barchani kitob ko’rgazmalari, sevimli adabiyot yangiliklari va ijodiy uchrashuvlarning iliqligi bilan xursand qilishga tayyor! Kutubxona kitobxonlarning ma’naviy ongi va aqliy salohiyatini rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratadi. Kutubxona ilk bor 1911 yil dekabrda ochilgan bo’lib, uning tashkilotchilaridan biri taniqli o’lkashunos va arxeolog V.L.Vyatkin bo’lgan.

Kutubxonada dastlab atigi 2 ming nusxadagi kitob fondi bo’lgan. Hozirda kutubxonaning kitob
fondida 630 mingga yaqin(adabiyotlar) saqlash birligi mavjud. Shu jumladan: kitoblar, davriy nashrlar, CD-DVD disklarga tushirilgan electron kitoblar, nota musiqasi va yozuvlar ham tashkil qiladi. Bugungi kunda kutubxona viloyatning 15 ta axborot-kutubxona markazlari uchun tadqiqot va uslubiy ko’mak beruvchi eng yirik axborot markazidir Bundan tashqari, bugungi kunda Respublika kutubxonalari bilan juda ko’p ishlar olib borilmoqda: uslubiy va uslubiy-bibliografik qo’llanmalar chiqarilmoqda, turli tadbirlar tashkil etilmoqda.
Axborot-kutubxona markazi – A.Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi, Toshkentdagi Gyote instituti va AQSh elchixonasi bilan hamkorlik qiladi. Buning yordamida markaz foydalanuvchilari chet tillaridagi adabiyotlardan foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, markazning yangiliklari, e’lonlari, elektron ko’rgazmalari, yangi sotib olish ko’rgazmalari va boshqalar nashr etiladigan www.libsamarkand.uz sayti mavjud bo’lib, unda quyidagi interaktiv xizmatlar ko’rsatiladi: hujjatlarni elektron tarzda yetkazib berish, kutubxonachidan kitob so’rash, virtual qabulxona. Foydalanuvchilarning katta auditoriyasi milliy va jahon axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldi
Samarqand viloyat axborot kutubxona markazi tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar: Axborot-bibli-
ografik xizmatlar, nashrlar va ularning nusxalash xizmatlari, madaniy-ma’rifiy xizmatlar.
Bundan tashqari, kutubxona materiallarini nusxalash, electron ma’lumotlarni chop etish, skanerlash, internet, elektron pochta kabi zamonaviy xizmatlarni taqdim etadi.