2 aprel – butun dunyoda 1967 yildan  buyon nishonlanib kelinadigan “Xalqaro bolalar adabiyoti kuni” Xans Kristian Andersenning tug’ilgan kuni munosabati bilan  tanlanib , yozuvchiga hurmat sifatida bag’ishlangan. Ushbu kun kitoblarga bo’lgan muhabbatni kuchaytirish va jamoatchilik e’tiborini bolalar kitoblariga jalb qilish maqsadida nishonlanadi. Shu munosabat bilan 1 – aprel kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazida bolalar adabiyotiga bag’ishlangan kitoblar virtual ko’rgazmasi tashkil etildi.