Yer yuzidagi 15 ta eng ajoyib shaharlar kiritilgan ro‘yxatning oltinchi pog‘onasidan o‘zining tarixiy durdonalari bilan dunyoga tanilgan ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahri ham o‘rin oladi.

Ushbu tarixiy boqiy shaharni tomosha qilib, ziyorat qilish maqsadida Jizzax viloyati Markaziy harbiy okrugi oilalar bilan ishlash bo’yicha yetakchi mutaxassisi, ma’naviyat va ma’rifat markazi boshlig’i, jamoatchilik kengashi a’zolari hamda Jizzax garnizonidagi harbiy qism oilalar bilan ishlash bo’yicha yetakchi mutaxassislari hamkorlikda Jizzax garnizonida o’z xizmatlik burchini o’tayotgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga ko’hna Samarqand shahriga sayohat tashkillashtirildi.

Avvalo, tashrif buyurganlar kunni “Boqiy shahar” bilan tanishishdan boshlashgan bo’lishsa, kun davomida birinchi prezidentimiz qabriga, “Registon”, “Hazrati Doniyor” hamda Samarqand viloyati A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markaziga kelishdi.