Bugun tuman axborot kutubxona markazida “Kutubxonaga kitob sovg‘a qilamiz” aksiyasi o‘tkazildi.

Tuman hokimi, sektor va korxona, tashkilot rahbarlari faol kitobxonlar qatorida aksiyada ishtirok etdilar. Har bir aksiya qatnashchisi axborot kutubxona fondini boyitish maqsadida markazga badiiy adabiyotlar sovg‘a qilishdi.

Aziz tumandoshlar! Aksiya davom etmoqda. Xayrli ishga bosh qo‘shib, nurxonaga kitob tuhfa eting!