Bugun A.S. Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari kompozitor, dirijyor, oʻzbek operasi asoschilaridan bo’lgan Muxtor Ashrafiy tavalludining 110 yilligi munosabati bilan kitobxonlar ishtirokida “Kuylardagi zarchashmalar” nomli ko’rgazmasi tashkil etildi. Tadbirda ijodkor hayoti yo’li haqida ma’lumotlar berildi.

Ma’lumot o’rnida shuni aytih joizki, Oʻzbekiston xalq artisti Muxtor Ashrafiy Samarqand musiqa va xoreografiya ilmiy tadqiqot institutida oʻqigan. Kompozitsiyadan S. N. Vasilenko, B. S. Shexter, M. O. Shteynberglardan ta’lim olgan. Peterburg konservatoriyasini dirijyorlik boʻyicha tugatgan. 1930-yildan Oʻzbek musiqali teatri, keyinchlik Navoiy nomidagi Oʻzbek opera va balet teatrining badiiy rahbari va bosh dirijyori, direktori, 1944-yildan Toshkent konservatoriyasining oʻqituvchisi, professor, rektori. Samarqand opera va balet teatrining direktori, badiiy rahbari va bosh dirijyori lavozimlarida faoliyat yuritgan.