2022-yil 19-yanvar kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda, Alloma, yozuvchi, jamoat arbobi va o’zbek dramaturgiya asoschisi, jadidchilik harakati, ya’ni yangicha o’quv metodikasi lideri, Mahmudxo’ja Behbudiyning  147 yilligiga bag’ishlab “Najot elchisi” nomli kitobxonlar o’rtasida davra suhbati bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirni Samarqand viloyati Yozuvchilar uyushmasi raisi T.Tugalov Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayotidagi voqealari haqida batafsil so’zlab berishdi, tadbir so’ngida SamDU tarix fakultetining 3-bosqich talabasi  X.Ro’ziboev Mahmudxo’ja Behbudiy haqida o’z fikr mulohazalarini bildirdi. Tadbir qiziqarli va maroqli o`tdi.