O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi 2017-yil 14-iyuldagi Qaroriga muvofiq, mamlakatimizning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalarida ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan pensiya yoshidagi yurtdoshlarimiz, shuningdek, ishlamasdan, hayotini oilalar mustahkamligini saqlash, farzandlarimizni jamiyat oldida mas’uliyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga bag‘ishlagan, jamiyatda hurmat qozongan onalar “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ular orasida A.S.Pushkin nomidagi  axborot-kutubxona markazida ko’p yillar rahbarlik lavozimida  samarali   faoliyat yuritgan SH.B.Axmedova   ham borligini alohida ta’kidlashni lozim topdik.
SH.B.Axmedova   ikkinchi darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni sohibi bo‘ldilar.

A.S.Pushkin nomidagu  axborot-kutubxona markazi jamoasi ustozimizni ushbu mukofot bilan muborakbod etadi.