A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug’bek tavalludining 630 yilligiga bag’ishlangan “ Mirzo Ulug’bek ilm saltanatining sultoni” tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirda Samarqand Davlat Universiteti tarix va manbaashunoslik fakultetining dosenti Abriyev Hazratqul Bo’ronovich, Mirzo Ulug’bek majmuasining ekskursavodi Sirojiddinov Ikromiddin Kamoliddinovichlar Ulug’bek haqida ma’lumotlar berib o’tdilar. Samarqand Davlat Universiteti o’zbek filologiya fakultetining 3 bosqich talabasi Ro’ziyev Sherzod Yashinboy o’g’li Maqsud Shayxzodaning Ulug’bek tragediyasidagi “Ulug’bekning ilm fanga qaratilgan” monologi bilan chiqish qildi.Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan savollar berildi va ma’lumotlar olindi.