Xalqimiz tilida kitob o’qib bilim va munosib tarbiya olish, kasb-hunar o’rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko’p. Bu maqollar bejizga paydo bo’lmagan. Albatta, shunday ekan kitobga oshnolikni oshirish maqsadida Samarqand tuman 20,- 27- maktabning o’qituvchilari o’quvchilarini A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga olib kelishdi. Kitoblarning inson hayotida qanchalik muhim o’rin tutishi haqida so’z yuritilib, mutaxassislar tomonidan kutubxona fondi, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil tushuntirilib berildi.