Viloyat axborot-kutubxona markazida 31 yanvar  kuni Ơzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 84 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik asoschisi” mavzusida kitobxonlar o`rtasida davra suhbati bo`lib o`tdi. 
Tadbirda O`lkashunoslik–axborotlar sektor mudiri   Z.Djunaidova hamda Axborot -bibliografiya bosh bibliografi M. Shamsyeva Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning hayoti va ijodi, u kishining 25 yilda  erishgan barcha  yutuq va marralari haqida  o`zlarining iliq fikrlarini bildirib o`tishdi. 
Tadbir davomida ơquvchi yoshlar  Birinchi Prezidentimiz asarlari haqida sơzladilar va axborot-kutubxona markazi tomonidan tayyorlangan mul`timedia namoyish  etildi.