Haftalik doirasida nafaqat faol kitobxon va yoshlar jalb etilmoqda, balki faol mahalalar, turli millat madaniyat markazlari ham ishtiroki ta’minlanmoqda. Jumladan Nemis madaniyat markazi a’zolari joriy yilning 20-aprel’ kuni AKMda “Mutolaa chegara bilmas” shiori ostida tadbir o‘tkazdi. Unda nemis xalq milliy urf odati, ijodiyoti va san’ati bo‘yicha viktorina o‘yinlari va markazning ijodiy uyushmasi tomonidan badiiy chiqishlar namoish etildi.