O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 9-martdagi “Talaba va yoshlarning vaqtini mazmunli tashkil etish tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 24-mart kuni Samarqand imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabida ta’lim-tarbiya olayotgan o‘quvchi-yoshlarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va ularni kitobga bo‘lgan mehrini yanada oshirish uchun A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markaziga pedagog-xodimlar va o‘quvchi-yoshlarning ijodiy uchrashuvlari va kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.
Ijodiy uchrashuv davomida, kutubxonaning mas‘ul xodimlari hamda pedagog-xodimlar va o‘quvchi-yoshlar bilan davra suhbati tashkil etildi.