Maktab o’quvchilari uchun yozgi ta’til ham boshlandi. Ta’til davomida o’quvchi-yoshlarning vaqtini sermazmun o’tkazishlari esa muhim masalalardan biri hisoblanadi. O’quvchilarning bosh vaqtini to’g’ri tashkillashtirish hamda kitobga oshno qilish maqsadida Kataqo‘rg‘on tuman 57 -maktabning 8-sinf o‘quvchilari ona tili va adabiyot o‘qituvchisi Rabbimova Maxzuna boshchiligida A.S. Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markaziga kelishdi. Kutubxona mutaxassislari kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami bilan tanishtirdilar. Shuningdek, ta’til davomida kutubxonaga kelib, badiiy kitoblar o’qib, ma’naviy boyliklarini oshirishlari mumkinligini ta’kidlab o’tdilar.