Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlar istirokida xonanda, sozanda, aktyor va bastakor, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qoraqalpog‘iston xalq artisti Komiljon Otaniyozovning o’zbek san’atidagi o’rni mavzusida xotira kechasi tashkil etildi. Tadbirda xalqning suyukli xofizi, musiqa olamida noyob iste’dod sohibi bo’lgan Komiljon Otaniyozovning faoliyati, yaratgan asarlari, merosi haqida so’z yuritildi.