Ayni paytda Samarqand viloyati Yoshlar markazida zabardast shoir va adib, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali tavalludining 80 yilligi munosabati bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda  elimiz suygan shoir va yozuvchilar, viloyat hokimligi, xalq ta’limi xodimlari, kitobxonlar ishtirok etishmoqda. Uchrashuv yozuvchiga bag’ishlangan videorolik namoyishi bilan boshlandi. Ijodiy uchrashuvda yozuvchi asarlarining o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni, o‘sib kelayotgan kelajak avlod uchun adibning hayot yo‘li haqida qisqacha ma’lumotlar aytib o‘tilmoqda.