Bugun A.S. Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazining yoshlar zalida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga biriktirilgan, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 59-sonli ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta‘lim muassasasida tahsil olayotgan Mahliyo Daminova va Sherbek Islomovlarning “Quyoshga tik qaraganlar” kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi. 

Tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i Raxmat Mamatov, Senator, viloyat “Zarafshon” gazetasi bosh muharriri Farmon Toshev, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi rahbari Toshpo’lat Tugalov, shoira Xosiyat Bobomurodova, muassasa direktori Abduhalim  Meliyev hamda o’quvchi-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida Farmon Toshev, Toshpo’lat Tugalov, shoira Xosiyat Bobomurodova so’zga chiqib o’quvchilarning kelgusidagi ishlariga omad tilashdi. Shuningdek, bunday tadbirlar o’quvchi-yoshlar uchun o’rnak va turtki bo’lishini ta’kidlab o’tishdi. 

Shuningdek,  Sherbek Islomov va Mahliyo Daminovalar o’zlarining qalamiga tegishli she’rlarni o’qib berishdi. Tadbir yakunida o’quvchilar tashkilotchilar tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.