Taniqli rassom Nikolay Sultanovning 4-avgust kuni A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazida ko’rgazmasi bo’lib o’tdi.

Ko’rgazmada ijodkor tomonidan asarlari namoyish etilib, ularning yaratilish tarixi aytib o’tildi.

Ma’lumot o’rnida shuni aytib o’tish joizki, Nikolay Sultanov O’zbekiston rassomlar akademiyasida 4 yil, Samarqand Davlat rassomlar akademiyasida 40 yildan ortiq bosh rassom bo’lib faoliyat olib borgan. qolaversa, qator ko’rgazmalarning muallifi ham hisoblanadi.