Sanʼat — ijtimoiy ong va inson faoliyatining oʻziga xos shakli. Sanʼat insonning moddiy va maʼnaviy faoliyatidagi bilimi, tajribasi, mahorati va qobiliyatlarini namoyon etuvchi badiiy ijodiyot mahsulidir. A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot kutubxona markazida ham kitobxonlarni san’at dunyosi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “San’at olamni tanitadi” deb nomlangan milliy hunarmandchilik, rassomchilik va san’atga doir adabiyotlardan iborat ko‘rgazma tashkil etildi.