A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari “Saxovat” keksalar va nogironlar uchun internat uyining kutubxona zalida “Mexr kutubxonasi ” loyihasi doirasida yangi nashrdan chiqqan adabiyotlarning taqdimotini o’tkazdilar. Tadbirda taniqli mahalliy shoiramiz Maxmudova Etibor bilan davra suhbati tashkil qilinib, kitoblar haqida qiziqarli ma’lumotlar aytildi. Tadbir so’nggida ishtirokchilarga kitob sovg’a qilindi.