Joriy yilning 26 mart kuni A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat Axborot kutubxona markazida O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, tarjimon Nikolay Ilin bilan uchrashuv kechasi bo’lib o’tdi. Ushbu ijodkor Alisher Navoiy, Cho’lpon, Erkin Voxidov, Abdullo Oripov sheriy asarlarini rus tilida tarjima qilib rusi zabon sheriyat ixlosmandlariga havola etib kelmoqda. Uchrashuvda Samarqand Davlat Unversiteti rus tili va adabiyoti fakulteti, rus madaniyat markazi, sheriyat ixlosmandlari, faol kitobxonlar ishtirok etdi. Tadbir so’ngida Nikolay Ilin tomonidan tarjima qilingan. “Тебя люблю я, жизнь!”, (Alisher Navoiy) “Ветер моего края” (Abdulla Oripov), “Мгновения любви” (Cho’lpon), “Если окно открыто…”, “Пересекающиеся параллели” nomli kitoblar АКМ fondiga taqdim etildi.