O’qituvchi-ulug’ zot. O’z bilimidan hammani bahramand etuvchi inson. Birinchi sinfimizdan qo’limizdan tutib sinfxonasiga olib kirgan, qo’llarimizga qalam tutqazib yozishni o’rgatgan, harfma-harf o’qishni o’rgatgan inson shu emasmi. Albatta, buni hech yodidan chiqarmaydi. Doimo ularni yod etib, e’zozlab yuramiz.

1-oktabr O‘qituvchi va murrabiylar kuniga bag‘ishlab “Ustozlar hurmati – ajdodlarimiz merosi” mavzusida bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazida 3-, 54-umumta’lim maktablari o’quvchilari ishtirokida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda o’qituvchilarga bag’ishlab she’r hamda ashulalar ijro etildi.