O’quvchilarining kitobga bo’lgan mehrini oshirish maqsadida “Smart” o’quv markazining o’qituvchisi o’quvchilari bilan birgalikda A.S. Pushkin  nomidagi axborot-kutubxona markaziga kelishdi. Kutubxona mutaxassislari kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami bilan tanishtirdi. Shuningdek, ta’til davomida kutubxonaga kelib, badiiy kitoblar o’qib, ma’naviy boyliklarini oshirishlari mumkinligini ta’kidlab o’tdilar.