Bugun A.S. Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida  Samarqand viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda Rustam Vafoyevning “Vaqt mashinasi” da sayohat nomli kitob taqdimoti bo’lib o’tdi. Kitob taqdimotida viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari D. Narziqulov, Turon fanlar akademiyasi vitse prezidenti F.Qodirov, “Vaqt mashinasi” da sayohat kitobi muallifi R. Vafoyev, jurnalist, publitist yozuvchi O. Xidirov hamda Turizm va ma’daniy meros texnikumi o’qituvchilari va talabalari  ishtirok etishdi.  Tadbir davomida kitob haqida qisqacha ma’lumotlar berildi ya’ni: Rustam Vafoyevning “Vaqt mashinasida” sayohat kitobida siz faqat ushbu kitob sahifalarida emas balki, real hayotda o’rta asr qishloq manzaralarini ko’rasiz, bobokalonimiz Amir Temur bog’larni ziyorat qilasiz, o’rta asr Sharq bozorlarini aylanasiz, Ko’hna Xorazmdagi Mamun akademiyasida maruzalar tinglaysiz va hatto Buxoro amiri qabuliga kirasiz. Yana sizni Amerika hindulari chaylasida muzqaymoq yeyish kutmoqda deya ma’lumotlar berildi. 

Shuningdek, Yozuvchi tomonidan  men kutubxonamga kitob sovg’a qilaman aksiyasi doirasida kutubxona va davra suhbati ishtirokchilariga kitoblar sovg’a qilindi.