2022 yil 15-mart kuni O’zbekiston Qahramoni Abdullo Oripov tug’ilgan kuni munosabati bilan A.S Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi madaniy ma’rifiy va yoshlar bilan ishlash sektori qoshida “Vatanim madhini kuylayman to tanda bor jonim” mavzusida she’rxonlik soati o’tkazildi. Unda O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo’lim rahbari T.Tugalov, she’riyatga ixlosmandlar faol kitobxonlar va AKM mutaxassislari qatnashdi.