Xabar berilganidek, Andijon viloyatida “Central Asia – 2022: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” XV Xalqaro konferensiyasi o‘tkazilyapti.

Bugun Andijon shahridagi Yoshlar markazida Xalqaro konferensiyaning yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Agentlik direktori Asadjon Xodjayev, Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Aziz Maksumov, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxona rahbari Umida Teshabayeva, mahalliy va chet el axborot-resurs markazlari rahbarlari va soha mutaxassislari ishtirok etishmoqda.