Joriy yilning 20-yanvar kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida, Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda, O’zbekiston xalq shoiri publitist Xurshid Davronning 70 yilligiga bag’ishlab “Samarqand hayoli” asari yuzasidan davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbirni o’lkashunoslik – axborotlari sektor mudiri Z.Djunaidova kirish so’zi bilan ochib berdi. Axborot-bibliografiya xizmati xizmat rahbari Sh.Tadjieva Hurshid Davron faoliyati va yozgan she’rlari haqida aytib berdilar. Tadbir davomida O’zbekiston yozuvchilar uyushmasining Samarqand viloyat bo’limi rahbari T.Tugalov hamda Yozuvchilar uyushmasi a’zosi  X.Nurullaevlar  Xurshid Davronning hayoti va ijodi boshidan o’tgan kechinmalari haqida batafsil so’zlab berildilar. Tadbir yakunida Axborot – bibliografiya xizmati tomonidan shoir hayoti va ijodiga bag’ishlab “O’zbek shoiri, dramaturgi, yozuvchi va tarjimoni” nomli multimedia nomoyish qilindi va Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi direktori SH.Axmedova tomonidan tadbirda faol ishtirok etgan kitobxon X.Ro’zievga kitob sovg’a qilindi.