Kattaqo’rg’on shahar axborot-kutubxona markazida Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida “Ma’naviyat” festivali doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirni Kattaqo’rg’on shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo’yicha o’rinbosari Jamshid Nosirov tomonidan ochib berildi. Tadbirda Respublikadan falsafa fanlar doktori Jamila Shermuhammedova, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari Zuhra Ismoilova, Obiddin Mahmudov, Fayzulla Ernazarov, hamda Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Guzal Xoliqulova, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Nigora Saidaliyevalar tashrif buyurishdi.

Ma’naviyat, vatanparvarlik tarbiyasi va audiotoriya bilan ishlashda psixologik yondashuvlar mavzusida “Ziyolilar forumi” seminarida Respublika ma’naviyat va ma’rifat Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘linmasi Kattaqo’rg’onlik shoiralar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, jamoatchilik vakillari faol ishtirok etishdi.

Shuningdek, Respublikadan tashrif buyurgan professor va dotsentlar Kattaqo’rg’on shahar Axborot-kutubxona markaziga sovg’a sifatida kitoblar taqdim etishdi.

Tadbir so’ngida “Ziyolilar forumi” seminarida faol ishtirok etgan ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Kattaqo’rg’on shahar Axborot-kutubxona markazi axborot xizmati