Yaxshi kitob insonning ko‘ngil ko‘zgusini poklaydi. Davlatimiz rahbari tomonidan kitob mutolaasi muhimligi, yoshlar orasida bu fazilatni targ‘ib qilish haqida ko‘p bora ta’kidlanmoqda. Shuni aytish lozimki, kitobxonlikni targ’ib qilishni avvalo, ta’lim muassasalaridan boshlamoq kerak. Samarqand davlat universitetining O’zbekiston-Finlyandiya pedagogika institutining talabalari ham kitoblar olami bilan tanishish maqsadida kelshdi. Mutaxassislar tomonidan kutubxona fondi, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.