A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot -kutubxona markazi hamda Samarqand tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari “Milliy o’qish haftaligi” doirasida Samarqand tumanidagi “Uchqun” oromgohida bolalarning yozgi ta’tilda vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari va kitobga oshno qilish maqsadida kitob taqdimoti, she’rxonlik kechasini tashkil qilishdi. Tadbir davomida o’quvchilar o’zlari o’rgangan she’rlaridan parcha aytib berishdi. Quvonarlisi shundaki, bolajonlarga bu tadbir yoqqanligi sababli, yana shunday uchrashuvlar tashkil qilishimizni xohlashdi.