📚Bolalik inson umrining eng beg‘ubor, orzu-umidlarga to‘la jo‘shqin va haroratli damdir. Bolaning kulgusi, ko‘zlaridagi quvonch butun olamni yoritadigandek go‘yo. Ertamiz egalari bo‘lgan farzandlarimizni ma’naviy kamol topishi uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratilgan. Samarqand viloyat axborot kutubxona markazi bugun baxtiyor bolajonlar bilan gavjum bo’ldi. “Bolajonlar bizning kelajagimiz”deb nomlangan tadbir Toyloq tumanidagi “Kamalak” nomli xususiy bog’cha hamkorligida musiqali kecha uyushtirildi. Tadbir bolajonlarni AKM bo’ylab ekskursiya qilish bilan boshlanib bolalar burchagidagi ertak kitoblar to’g’risida mutaxassislar tomonidan ma’lumotlar berib o’tildi. So’ng faollar zalida tarbiyalanuvchilarining badiiy chiqishlari namoish etildi. Ishtirokchilarga viloyat AKM ma’muriti nomidan tashakkurnoma taqdim etildi.