Bolaga kitob bering

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand axborot-kutubxona markazining birinchi qavatida bolajonlar uchun “Bolaga kitob bering” mavzusida ko’rgazma tashkil etildi. Ko’rgazmada bolajonlarimiz uchun bir-biridan qiziqarli ertaklar to’plamlari, rangli tasvirdagi jurnallar hamda bolajonlarning suratlari tushirilgan rasmli ma’lumotlar joy olgan.

Ko‘chma kutubxona

Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitob mutolaasi va   “Kitobsevar millat” umummilliy g’oyasini amalga oshirish  bo’yicha “Moviy jamadon tashrifi” loyihasi doirasidagi  navbatdagi ko’chma kutubxona Samarqand shahar 35-sonli umumta’lim maktabida tashkillashtirildi hamda o‘quvchilarga viloyat kutubxonasi tog‘risida ma‘lumot berilib, kitoblar targ‘iboti o‘tkazildi .

E’LON !

✅2024-yil 29-mart A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazida «Tozalik kuni» e’lon qilinadi.Ushbu kun foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi

“Akademiya jamoasidan ajoyib sovg’a”

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimi Mahbuba Kulovaning  “Zarafshon” gazetasining 2024-yil 34- sonida e’lon qilingan “Viloyat axborot-kutubxona markaziga kitoblar topshirildi” nomli maqolasi bilan tanishishingiz mumkin.

Qiziqarli kutubxonada

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot- kutubxona markazida Samarqand shahar 8- umumta’lim maktabi o’quvchilari bilan “Qiziqarli kutubxonada” nomli kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.Ekskursiya davomida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Yulduzlar bilan sirlashgan olam 

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti bilan hamkorlikda buyuk O‘zbek astronomi va matematigi, davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi munosabati bilan “Yulduzlar bilan sirlashgan olam” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti O‘zbekiston kafedrasi dotsenti Firuz Normanov Mirzo Ulug‘bek hayoti va ijodi haqida ma‘ruza qildi.Shuningdek,…