So‘rovnoma natijalariga ko‘ra…

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan kitobxonlar o‘rtasida kutubxonaning ijtimoiy tarmoqlarda qanday ma’lumotlarni ko‘proq o‘qishni xohlashlarini bilish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilgan edi.Natijalarga ko‘ra; Kutubxona faoliyati va kitoblar haqida va mutaxassislarning yutuqlari haqidagi ma’lumotlar berib borilishini so‘rashgan.

Sevimli kutubxonamga kitob sovg‘a qilaman

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazining sevimli kitobxoni Safar Hasanov o‘z qalamiga mansub she‘riy kitobini kutubxona fondiga sovg‘a qildi.Kutubxona jamoasi, Safar Hasanovning keyingi ishlarida ijodiy muvaffaqiyatlar tilaydi.

Davra suhbati tashkil etildi

Bugun Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Kimyo fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari hamda tyutorlar tomonidan Pushkin nomidagi kutubxonada Oʻzbekiston respublikasining Yangi Konstitutsiyasi boʻyicha boʻlib oʻtadigan Referendumi haqida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida talaba-kitobxonlar ishtirok etishdi.

Kitoblar olamiga sayohat davom etmoqda

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand shahar 70-umumta’lim maktabi o’quvchilari bilan “Qiziqarli kutubxonada” deb nomlangan ekskursiya tashkil qilindi. Ekskursiya davomida mutaxassislar tomonidan kutubxona faoliyatiga oid videorolik namoyish etilib, kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari (m.libsamarkand.uz, samarkandnatlib.uz) haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.

So‘rovnoma

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida kutubxona haqida kitobxonlarni fikrini o‘rganish, talab va takliflarini bilish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazildi.

Bibliografik sharh-yagiliklarga boy bo’ldi

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida kitoblar hamda hafta davomida axborot-kutubxona markaziga kelib tushgan matbuot nashrlarining bibliografik sharhi bo’lib o’tdi. Bibliografik sharhda kutubxona mutaxassislari kitoblar va hafta davomida kutubxona fondiga kelib tushgan gazeta va jurnallarda chop etilgan yangiliklar haqida aytib o’tishdi.