O’zbekning Zulfiyasiman

O’zbekiston xalq shoiri, tarjimon, mehnat qahramoni Zulfiyaxonim tavallud kuniga bag’ishlab ikkinchi qavat yoshlar zalida ko’rgazma tashkil qilindi. Mazkur ko’rgazmadagi Zulfiyaxonim asarlaridan adabiyot va she’riyat ixlosmandlari kerakli ma’lumotni olishlari mumkin.

Kitob bebaho boylik

Kitob maslahatchi, sadoqatli hamrox, eng yaqin do‘st va bebaho boylik hisoblanadi. Bola tarbiyasida uning o‘rni muhim. Millatning ma’naviy-ruhiy dunyosini kitobga munosabati, kitobxonlik darajasiga qarab ham aniqlash mumkin. Jahon madaniyatiga munosib hissa qo‘shgan ajdodlarimiz erishgan betakror yutuqlarning sababi ham kitob mutolaasidir. Shu bois yurtimizda aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Shu munosabat bilan 25…

Kutubxona bo’ylab sayohat

2022 yil 24-fevral kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markaziga Samarqand shahar 3-umumta’lim maktabining o’qituvchilari M.Nodirova, N.Ergasheva, boshchiligida 6,7 – sinf o’quvchilari tashrif buyurishdi. Ular AKM faoliyati, fondda mavjud adabiyotlar , elektron kutubxona, va barcha zallar bilan yaqindan tanishib, o’zlarining qiziqtirgan savollariga axborot-kutubxona markazi mutaxassisi tomonidan javob oldilar.

Kutubxonaga tashrif

2022 yil 23-fevral kuni Samarqand Davlat Arxitektura – qurilish Instituti qoshidagi akademik litsey 2-kurs talabalari rus-tili o’qituvchisi M. Xusayinova boshchiligida axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida kutubxonaning shart-sharoitlari va barcha bo’lim sektorlar bilan yaqindan tanishib, kutubxonadan foydalanish huquqiga ega bo’lishdi.

Korrupsiyadan holi dunyo-umumbashariy orzu

Joriy yilning 23-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona tomonidan zoom platformasi orqali “Korrupsiyadan holi dunyo-umumbashariy orzu” mavzusida online davra suhbati tashkil etildi. Ushbu davra suhbatida Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari va kitobxonlar ishtirok etishdi.

Kutubxona bo`ylab sayoxat

2022 yil 23-fevral kuni Toshkent Iqtisodiyot Universiteti Samarqand filiali Ta’lim tarbiya maslahatchisi N.Yo’ldoshev boshchiligida 2-kurs 120, 220-guruh talabalari axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida kutubxona shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishib, talabalar o’zlarini qiziqtirgan ma’lumotlariga ega bo’lishdi.