Ko’chma kutubxona doirasida hamkorlik shartnomasi tuzildi

Aholiga axborot-kutubxona xizmat ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlarni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g’oyasini ro’yobga chiqarish bo’yicha “Moviy jamadon tashrifi” loyihasi asosidagi navbatdagi ko’chma kutubxona Samarqand shaharidagi 68-umumta’lim maktabida tashkil etildi. Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy hamkorlik ishlari to’g’risida shartnoma tuzildi.

“Navoiy yodi-ila yashaymiz mudom” nomli musiqiy badiiy kecha

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazida o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan “Navoiy yodi-ila yashaymiz mudom” nomli musiqiy badiiy kecha bo‘lib o’tdi.Tadbir Samarqand shahardagi 40-umumiy o’rta ta’lim maktabi jamoasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.Davra suhbati davomida tadbir ishtirokchilari tomonidan Alisher Navoiy haqida she’rlar, g’azalar, sahna ko’rinishi ijro etildi, va faol…

E’LON !

✅2024-yil 31-yanvar A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazida «Tozalik kuni» e’lon qilinadi.Ushbu kun foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi. ⚜️Ma’muriyat⚜️

“Ma’naviy barkamol yoshlar –kelajagimiz poydevori”

Bugungi kunda ma’naviy hayotimizni yangi yuksak bosqichga ko’tarish muhim vazifadir. Chunki madaniy va ma’rifiy asoslari mustahkam yurtning kelajagi buyukdir.Shu oqilona siyosat tufayli xalqimiz o’zligini tanib o’z shajarasini idrok etmoqda, tarix oldidagi vazifasini angab olmoqda. A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Ma’naviy barkamol yoshlar –kelajagimiz poydevori” nomli ko’rgazma tashkil etildi. Ko’rgazma orqali ma’naviy komillikka…