Talabalar kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga  “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti 2-kurs talabalari kutubxona bilan yaqindan tanishish maqsadida kelishdi. Kutubxona mutaxassislari tomonidan kutubxondagi sharoitlar, muzeyi, kitoblar olami tanishtirib o‘tildi.

“Quyoshga tik qaraganlar” kitob taqdimoti bo’lib o’tdi

Bugun A.S. Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazining yoshlar zalida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga biriktirilgan, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 59-sonli ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta‘lim muassasasida tahsil olayotgan Mahliyo Daminova va Sherbek Islomovlarning “Quyoshga tik qaraganlar” kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi.  Tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i Raxmat Mamatov, Senator, viloyat “Zarafshon” gazetasi bosh…

E’lon!

Hurmatli kitobxonlar, Sizga mamnuniyat bilan ma’lum qilamizki, A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi ish kunini soat 20:00 gacha uzaytirdi, xususan, soat 18:00 dan keyin kitobxonlarga xizmat ko’rsatadigan o’quv zallar: “O’zbekiston” o’quv zali (1-qavat); Кompyuter zali (2-qavat). Kutubxona ish vaqti: Dush – Juma 9:00 – 20:00Shanba 9:00 – 17:00Yakshanba – dam olish kuni.

O’quvchilarni kitobga oshno qilaylik

Maktab o’quvchilari uchun yozgi ta’til ham boshlandi. Ta’til davomida o’quvchi-yoshlarning vaqtini sermazmun o’tkazishlari esa muhim masalalardan biri hisoblanadi. O’quvchilarning bosh vaqtini to’g’ri tashkillashtirish hamda kitobga oshno qilish maqsadida Kataqo‘rg‘on tuman 57 -maktabning 8-sinf o‘quvchilari ona tili va adabiyot o‘qituvchisi Rabbimova Maxzuna boshchiligida A.S. Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markaziga kelishdi. Kutubxona mutaxassislari kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami…

Rus adabiyotlari endi o’zbek tilida

“Hur qizlar yoxud Tonglar sokin edi bu yerda”, “Ro’yxatlarda yo’q edi nomi” Boris Vasilyev qalamiga tegishli bu asarlar endi o’zbek tilida. Atoqli rus yozuvchisi Boris Vasilyev o’zining II jahon urushiga bag’ishlangan asarlari bilan mashhurlikka erishgan. Chunonchi, uning “Hur qizlar” qissasi navnihol qizlarning urushda qahramonlik ko’rsatganligi haqida hikoya qiladi. “Ro’yxatlarda yo’q edi nomi” romanida esa vatan…

Bolalar- nurafshon kelajagimiz

A.S. Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazi faollar zalida 1- iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Samarqand shahar 34- hamda 105-maktabgacha ta’lim muassasaslari bilan hamkorlikda tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda kichkintoylar uchun turli xil o’yinlar va bolajonlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi.