Kitobxonlikni targ‘ib qilish yo‘lida

  Prezidentimizning 5 tashabbusining to‘rtinchi yo‘nalishi aholi orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish borasidagi ishlar davom etmoqda. A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida yoshlar, xotin-qizlar tafakkuri, dunyoqarashini kengaytirish va ularning kitob mutolaasida bo’lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida ko’chma kutubxona tashkil qilindi.

Qo‘lyozma asarlarga xos yozuv

A.S. Pushkin nomidagi Axborot-Kutubxona markazi hamda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti dotsenti M.Buzrukov bilan hamkorlikda bugun “Qo’lyozma” asarlarga xos yozuv usullari mavzusida hamkorlikda tadbir o‘tkazildi. Tadbirda xalqaro ta’lim dasturlari markazi 2-kurs talabalari ishtirok etishdi. Tadbir davomida tashkilotchilar tomondan talabalarga qo’lyozma asarlar va ularning xususiyatlari haqida ma’lumotlar berib o’tishdi.Tadbir davomida turli asrlarga oid asarlar tahlil…

E’lon

2023-yil 28-aprel A.S.Pushkin nomidagi axborot – kutubxona markazida «Tozalik kuni» bo’lganligi sababli ushbu kuni foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi.  Ma’muriyat  28-апреля 2023 года в  информационно-библиотечном центре имени А.С. Пушкина объявлен «Санитарный день». В этот день библиотека не будет предоставлять услуги пользователям.  Администрация

Sevimli kutubxonamga kitob sovg’a qilaman

“Овoзи Самарқанд”gazetasi tahririyati tomonidan viloyat axborot-kutubxona markazi fondiga kitoblar sovg‘a qilindi. Kutubxona jamoasi “Овoзи Самарқанд”gazetasiga o’z minnatdorchiligini bildiradi.

Bibliografik sharh

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida kitoblar hamda hafta davomida axborot-kutubxona markaziga kelib tushgan matbuot nashrlarining bibliografik sharhi bo’lib o’tdi. Bibliografik sharhda kutubxona mutaxassislari kitoblar va hafta davomida kutubxona fondiga kelib tushgan gazeta va jurnallarda chop etilgan yangiliklar haqida aytib o’tishdi.

Kitobxonlik marafoni

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi hamda Samarqand viloyati yozuvchilar uyushmasi, SamDU yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib etish, ular bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etish maqsadida “Kitobxonlar marafoni” tashkil etildi.