Ko’chma kutubxona

Kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida A.S. Pushkin nomidagi AKM xodimlari tomonidan ommani ayniqsa, yoshlar ong-u tafakkuri, dunyoqarashini kengaytirish va ularning kitob mutolaasiga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida Samarqand tumani “Talibarzu”MFY da ko’chma kutubxona tashkil qilindi.Ko’chma kutubxonaga AKM fondidagi badiiy adabiyotlar taqdim etildi.

Kutubxonachilikka baxshida umr

Kutubxonachilik sohasida 41 yil faoliyat yuritgan, A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazining nafaqadagi faxriy xodimi Shertayeva Muxabbat opa “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar. Viloyat axborot-kutubxona markazi jamoasi, Shertayeva Muxabbat opani chin yurakdan tabriklaydi.

Aziz hamkasblar! Muhtarama do’stlar! Qadrli kitobxonlar!

Aziz hamkasblar! Muhtarama do’stlar! Qadrli kitobxonlar! Mamlakatimizning ko’p asrlik tarixida mutlaqo yangi sahifa ochgan, erkin va farovon hayot qurish yo’lini ochib bergan O’zbekiston davlat mustaqilligining 32-yillik bayrami barchamizga muborak bo’lsin! Shunday qutlug’ damda yurtimizga tinchlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik tilab qolamiz! Barcha ezgu ishlarimizda Yaratganning o’zi qo’llasin, o’zi madadkor bo’lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz…

New books

Kitob barcha yosh toifasi uchun eng a’lo tuhfa, shunday emasmi? kitobning qadri, uning qiymati oshsa oshadiki, lekin hech qachon o’lmaydi. Buning isboti o’laroq, siz yashar ekansiz, albatta, ma’naviy ozuqaga muhtojlik sezasiz, qay shaklda bo’lmasin kitob mutolaa qilishga harakat qilasiz. Chunki kitob mutolaasi sizni ma’naviy yuksaklikka chorlaydi va kutubxona esa bu yo’lda ko’prik vazifasini o’taydi. Shuningdek,…

Ko’chma kutubxona

Kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida A.S. Pushkin nomidagi AKM xodimlari tomonidan ommani ayniqsa, yoshlar ong-u tafakkuri, dunyoqarashini kengaytirish va ularning kitob mutolaasiga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida Samarqand tuman “AGRO BANK” ATB Samarqand viloyat boshqarmasi Samarqand filialida ko’chma kutubxona tashkil qilindi.Ko’chma kutubxonaga AKM fondidagi badiiy adabiyotlar taqdim etildi.

“Yoz – kitob bilan soz” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Bugun o ‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, mutolaa madaniyatini oshirish, o‘quvchilarning yozgi ta’tilini mazmunli o‘tkazish hamda yosh avlodning ilm-fanga qiziqishini oshirish, o‘qituvchilarning bilimini yanada mustahkamlash maqsadida “Nasr.uz” saytining tashabbusi bilan A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, AOKAning Samarqand viloyat boshqarmasi, “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazi viloyat bo‘limi, hamda…