Yo’l-yo’lakay o’qiymiz

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari toonidan “Yo’l-yo’lakay o’qiymiz” loyihasi doirasida har bir mahallada elektron kitoblarni shakllantirish bo’yicha navbatdagi targ’ibot ishlari, Samarqand shahrining “Mingtut” MFY da bo’lib o’tdi. Targ’ibot davomida aholiga kutubxona tomonidan shakllantirilgan elektron kitoblar ro’yxati taqdim etildi.

E’lon

RASMAN: Qurbon hayiti munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam olish kuni bo’ladi Prezident farmoniga binoan (https://president.uz/uz/lists/view/6438) 29-iyun (payshanba) kuni ham ish haftasidan qat’i nazar barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni sifatida e’lon qilindi. Demak, quyidagi kunlar dam olish kuni bo’ladi:

Bir asar tarixi

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Bir asar tarixi” mavzusida davra bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida, Samarqand Davlat universiteti II bosqich talabalari B.Ergashev Jek Londonning “Martin Iden” asari, S.Abdullayev Gʻafur Gʻulomning “Shum bola” asari hamda Payariq tuman 84-umumta’lim maktab o‘quvchisi B.Baxtiyorova Rashod Guntekinning “Choli qo‘shi” asari to‘g‘risida kitobxon do’stlari bilan fikr almashishdi.

Markaziy harbiy okrug qoʻshinlarida eng yaxshi yosh kitobxon aniqlandi

Markaziy harbiy okrugning Ma’naviyat va ma’rifat markazida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlkda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Eng yaxshi yosh kitobxon” tanlovining okrug bosqichi oʻtkazildi. Mazkur tanlov yosh harbiy xizmatchilar oʻrtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, buyuk adib va mutafakkirlarimizning nodir merosini oʻrganish, kitob mutolaasiga qiziqtirish hamda ularning maʼnaviy-intellektual…

Qiziqarli kutubxonada

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand  axborot- kutubxona markazida AQShning Oregon shtatidan kelgan sayyohlar bilan birgalikda “Qiziqarli kutubxonada” nomli  kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi. Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari  haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.

“Eng yaxshi mutaxassis-2023

Avval xabar berganimizdek, bugun Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida “Eng yaxshi mutaxassis-2023” nomli ko‘rik tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlovda 5 nafar mutaxassislar bilim ko’nikmalari va AKT dasturlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashishdi. Tanlov natijalariga ko’ra 🥇 1-o‘rin Marjona Shamsieva nasib etdi. Qolgan ishtirokchilar turli nominatsiyalar bo‘yicha faxriy yorliq va estalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.