PREZIDENT TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI SAMARQAND TUMANI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI va A.S.PUSHKIN NOMIDAGI SAMARQAND VILOYAT AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI o‘rtasida MEMORANDUM imzolandi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Samarqand tumani ixtisoslashtirilgan maktabi va A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi o’rtasida ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari doirasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida MEMORANDUM imzolandi. Kelgusida memorandum doirasida har ikkala tomon hukumatimiz tomonidan chiqarilayotgan qonun, Nizom va Dasturlarning mazmun- mohiyatini ochib beruvchi huquqiy bilimlarni oshirishda ijtimoiy, siyosiy bahs munozaralarga jalb etish,…

Yuriduk texnikumida ko’chma kutubxona tashkil qilindi

Kitobxonlikni faqat kutubxonada emas uyda, ishxonada, o’quv muassalarida ham tashkil qilish kerak. Shu maqsadda, A.S.Pushkin nomidagi viloyat-axborot kutubxona markazi mutaxassislari Samarqand viloyat yuridik texnikumida “Ko‘chma kutubxona” tashkil qilishdi. Shuningdek, texnikum talabalari oradida kutubxonaga yangi tushgan huquq adabiyotlarining sharhi ham tashkil qilinib, mutaxassislar tomonidan kitoblar hqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.

Yo’l-yo’lakay o’qiymiz

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusi bo’yicha implementatsiya strategiyasini joriy etish va aholini bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish uchun ilm va tafakkur manbai bo’lgan kitoblardan foydalanishlarini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Yo’l-yo’lakay o’qiymiz” loyihasining bu galgi tashrifi shahrimizning Registon maydonida bo’ldi. A.S.Pushkin nomidagi Samarqand Axborot-kutubxona markazi xodimlari shahar aholisi, milliy qadriyatlarimizni xalqqa tanitayotgan hunarmanlar va mehmonlarni kutubxona…

O’zbekiston kelajagi yoshlar qo’lida

Joriy yilning 24- noyabr kuni Dahbet ko’chasida joylashgan 1-son talabalar turar joyida Samarqand davlat tibbiyot universiteti farmatsiya fakulteti tibbiy kimyo kafedrasi tomonidan “O’zbekiston kelajagi yoshlar qo’lida” mavzusida abadiy- badiiy kecha bo’lib o’tdi.Adabiiy kechada Samarqand olimpia zahiralari kollejining sambo bo’yicha bosh treneri O’ktam Haydarov, O’zLIDEPsining Samarqand viloyat bo’limi rahbari Marhabo Cho’liyeva, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Zuhrabegim…

Bibliografik sharh

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida kitoblar hamda hafta davomida axborot-kutubxona markaziga kelib tushgan matbuot nashrlarining bibliografik sharhi bo’lib o’tdi. Bibliografik sharhda kutubxona mutaxassislari kitoblar va hafta davomida kutubxona fondiga kelib tushgan gazeta va jurnallarda chop etilgan yangiliklar haqida aytib o’tishdi.

Yaxshi kitob insonning ko‘ngil ko‘zgusini poklaydi

Yaxshi kitob insonning ko‘ngil ko‘zgusini poklaydi. Davlatimiz rahbari tomonidan kitob mutolaasi muhimligi, yoshlar orasida bu fazilatni targ‘ib qilish haqida ko‘p bora ta’kidlanmoqda. Shuni aytish lozimki, kitobxonlikni targ’ib qilishni avvalo, ta’lim muassasalaridan boshlamoq kerak. Samarqand davlat universitetining O’zbekiston-Finlyandiya pedagogika institutining talabalari ham kitoblar olami bilan tanishish maqsadida kelshdi. Mutaxassislar tomonidan kutubxona fondi, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar…