Ma’naviy dunyoyimizni birgakilda kengaytiramiz, kitob o’qiymiz, kitob ulashamiz!

“Bookcrossing” loyihasida faol bo’ling. Qadrli kitobsevar do’stlarimiz endi siz bepul kitob o’qish imkoniyatiga egasiz. Kutubxonaning “Bookcrossing” burchagida o’zingizga yoqqan badiiy kitobni olib o’qishingiz mumkin. Shuningdek, endi siz ha aynan siz yurtdoshlaringizning bilim boyliklari kengayishiga hissa qo’shishingiz mumkin. Qanday qilib deysizmi? Bookcrossing burchagini shaxsiy adabiyotingiz bilan boyitsangiz kifoya. Zero, siz o’qib qoldirgan kitob, yana kimningdur bilimi…

Sharaf sizga, olqish sizga aziz ustozlar!

Hayot so’qmoqlaridan odimlab borishimizda ustozlik qilgan va bu vazifani ayni paytda ham sharaf bilan bajarib kelayotgan, ta’lim-tarbiya sohasida mehnat qilayotgan barcha pedagog xodimlarni A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi jamoasi nomidan O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklab, eng ezgu tilaklarimni izhor etamiz. Darhaqiqat, minglab murg’ak qalblarga oqu-qorani tanitadigan, ezgulik yog’dusini baxsh etadigan, kelajakka tiyrak…

Qiziqarli kutubxonada ekskursiyasi o’quvchilar bilan

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand  axborot- kutubxona markazida Samarqand tuman 16-umumta’lim maktabi o’quvchilari birgalikda “Qiziqarli kutubxonada” nomli  kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi. Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo’yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma’lumot bazalari  haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.

Rus adabiyotlarining ko’rgazmasi

A.S.Pushkin nomidagi viloyat Axborot- kutubxona markazida kitobxonlarni kutubxona fondidagi rus adabiyotlar bilan tanishtirish va ma’lumot berish maqsadida rus adabiyotlarining ko’rgazmasi tashkil etildi.

Ko’chma kutubxona

Kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida A.S. Pushkin nomidagi AKM xodimlari tomonidan ommani ayniqsa, yoshlar ong-u tafakkuri, dunyoqarashini kengaytirish va ularning kitob mutolaasiga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida Samarqand shahridagi Toshkent davlat Iqtisodiyot Universiteti Samarqand filialida ko’chma kutubxona tashkil qilindi.Ko’chma kutubxonaga AKM fondidagi badiiy adabiyotlar taqdim etildi.

E’lon

✅2023-yil 29-sentabr A.S.Pushkin nomidagi axborot – kutubxona markazida «Tozalik kuni» bo’lganligi sababli ushbu kuni foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi.Shuningdek, 1-oktabr ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan 2-oktabr dam olish kuni bo’ladi: Ma’muriyat