🗓 A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazida O’zbekiston Respublikasining davlat ramzlaridan biri O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 32 yiligi munosabati bilan “Unda tariximiz òzligimiz mujassam … ” mavzusida davra suhbati bòlib òtdi.
Tadbirda Samarqand viloyat Milliy gvardiya qòriqlash xizmati xodimlari, hamda Markaziy okrug xodimlari ishtirok etishib gerbimiz tarixi haqida ma’lumot berishdi.
Shuningdek, gerb haqida videorolik namoyish etilib, faol ishtirokchilar kutubxonaning tashakkurnomasi bilan taqdirlanishdi.