Har qanday jamiyatning ertangi taraqqiyoti o‘qituvchi va muallimning bugun qilayotgan mehnatiga bog‘liq. Vatanimizning ertanggi kuni, yosh avlodni tarbiyalash borasidagi ustoz – muallim faoliyati sabr – bardosh va matonat namunasi, desak aslo xato bo‘lmaydi. Zamonaviy bilimni puxta egallab, katta umid va ishonch bilan hayotga qadam qo‘yayotgan, ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo‘lgan ming-minglab farzandlarimiz kamolida o‘qituvchi va murabbiylarimizning o‘rni beqiyosdir.

Bugun A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida “1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Ustozlar – ilm va tarbiyaning buyuk qahramonlaridir” nomli tadbir bo’lib o‘tdi. Tadbir davomida fan va ta’lim sohasida faol bo’lgan bir guruh pedagoglar “Ehtirom”, “Maktabgacha va maktab ta’limi a’lochisi”, “Ta’lim fidoiylari” ko’krak nishonlari bilan taqdirlanishdi.
Shuningdek, Samarqand tuman 24-maktab o’quvchilari o’zlarining badiiy chiqishlari bilan ishtirok etishdi.