“Moviy jamadon”—ziyoga to‘la makon

A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari Samarqand shahar “Kinder garden 1” nomli xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida “Moviy jamadon” loyihasi doirasida bolalarni kitobga qiziqtirish maqsadida kitoblar targ‘ibotini o‘tkazishdi.Tadbir davomida bolajonlar bilan birgalikda turli xil o‘yinlar tashkil etildi.

“Yo’l-yo’lakay o’qiymiz” siz bilan birga

“Yo’l-yo’lakay o’qiymiz” loyihasi asosida O’zbekiston Respublikasi Samarqand viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida A.S.Pushkin nomidagi AKM xodimlari tomonidan ommani dunyoqarashini kengaytirish va ularning kitob mutolaasida bo’lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida kitob targ‘ibotini tashkil qilishdi. Shuningdek, elektron kutubxona, m.libsamarkand.uz QR- kodli elektron kitoblar haqida ma’lumotlar berishdi.

Bibliografik sharh

Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida kitoblar hamda hafta davomida axborot-kutubxona markaziga kelib tushgan matbuot nashrlarining bibliografik sharhi bo’lib o’tdi. Bibliografik sharhda kutubxona mutaxassislari kitoblar va hafta davomida kutubxona fondiga kelib tushgan gazeta va jurnallarda chop etilgan yangiliklar haqida aytib o’tishdi.